Sinupret® tomchilari: sinusitlarni samarali davolash uchun fitopreparat

Sinupret® — o‘simlik asosidagi birikma dori bo‘lib, uning ta’siri tarkibidagi biologiк faol moddalarga asoslangan. Sinupret® nafas yo‘llari kasalliklari alomatlari paydo bo‘lgan ilk kunlardanoq qabul qilinishi lozim, chunki u sekretolitik, yallig‘lanishga qarshi, sekretomotor ta’sir ko‘rsatadi, shishlar, bakteriyalar va viruslarga qarshi samarali kurashadi. Sinupret® tomchilari — dori vositasining eng ommabop va qulay qo‘llaniladigan shakllaridan biridir.

Nima uchun Sinupret® tomchilari shu qadar alohida?

Sinupret® – og‘iz orqali qabul qilinadigan tomchilar shaklidagi dori. Preparat 100 ml hajmda, qoramtir mustahkam shishali flakonda ishlab chiqariladi, bu esa dorini to‘g‘ri saqlashni ancha osonlashtiradi. Flakon dozatorli qopqoq bilan jihozlangan bo‘lib, kerakli miqdordagi tomchilarni aniq o‘lchash imkonini beradi. Flakondan foydalanish juda oddiy: idishni chayqating, himoya halqasini olib tashlang va butilkani pastga qarab aylantiring. Yoshga mos dozada tomchilarni o‘lchang va flakonni yopib qo‘ying.

Sinupret® ning suyuq shakli tabletkalarni yutishni yoqtirmaydiganlar uchun ayni muddao. Tomchilar oz miqdordagi suvda eritilib qabul qilinadi, bu esa dori vositasini bir yutishda ichish imkonini beradi. Shuningdek, tomchilarni sirop ichishni istamaydigan bolalarga ichimlikka aralashtirib berish mumkin.

Nima uchun bemorlar Sinupret® ni tanlaydi?

Ushbu preparat sinusit muammosini kompleks tarzda hal qiladi – u kasallik sabablariga ham, asoratlariga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, davolash “har tomondan” olib boriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • antivirus va antibakterial ta’sir;
  • shishni kamaytirish;
  • nafas olishni yengillashtirish;
  • shilliq ajralmalarni chiqarish va ularning tuzilmasini o‘zgartirish.

Sinupret® allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi va turli nafas yo‘llari kasalliklarini davolash uchun keng qo‘llanilishi mumkin.

Sinupret® tomchilarini qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning suyuq shakli og‘iz orqali suv bilan aralashtirib ichiladi. Tomchilar 2 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan. Sinupret® tomchilarining kerakli dozasini quyidagicha hisoblang:

  • 12 yoshdan katta bolalar va kattalar: kuniga 3 mahaldan 50 tomchi (3 ml);
  • 6–11 yoshdagi bolalar: kuniga 3 mahaldan 25 tomchi (1,5 ml);
  • 2–5 yoshdagi bolalar: kuniga 3 mahaldan 15 tomchi (0,9 ml).

Yaxshi natijaga erishish va uni mustahkamlash uchun odatda 7–14 kunlik davolash kursi tavsiya etiladi. Agar 14 kun ichida simptomlar yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qiling.

Nega Sinupret® tomchilarini sotib olish kerak?

Sinupret® – tarkibi 5 xil dorivor o‘simlik asosidagi tabiiy preparat. U nafas yo‘llari kasalliklari, shamollash, rinosinusit, haymoritni davolash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Sinupret® tomchilari haqli ravishda universal preparat deb hisoblanadi – u bolalar va kattalar uchun mos, deyarli hech qanday qarshi ko‘rsatmalarga ega emas. Sinupret® narxi qulay, retseptsiz sotiladi va har qanday dorixonada mavjud. Bugungi kunda Sinupret® tomchilarini onlayn tarzda ham buyurtma qilish mumkin.
Sog‘ bo‘ling!