Sinupret® ekstrakt: burun bitishini samarali davolang
Sinupret®** – burun bitishi va sinusitni davolash uchun mo‘ljallangan original nemis fitopreparati. Sinupret® burun bitishini bartaraf etadi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi va asoratlarning oldini oladi. Preparat tarkibidagi komponentlar ta’siri tufayli burun bo‘shliqlari ventilyatsiyasi tiklanadi va ularning drenaji yaxshilanadi. Sinupret® ekstrakt – rinosinusitni samarali davolash uchun mo‘ljallangan va 12 yoshdan katta bolalar hamda kattalar uchun tavsiya etiladigan dorining mashhur shakllaridan biridir.
Sinupret® ekstraktning mashhurligiga sabab bo‘luvchi 5 omil
Nega iste’molchilar aynan Sinupret® ekstraktni tanlaydilar? Ushbu dori shakli bir nechta sabablarga ko‘ra eng talabgir va mashhur hisoblanadi:
Sinupret® ekstrakt – original nemis fitopreparati bo‘lib, u fitoniring deb ataluvchi zamonaviy texnologiya orqali yaratilgan. Bu texnologiya o‘simlikdagi faol moddalar miqdorini nazorat qilish va har safar barqaror konsentratsiyadagi dori vositalarini ishlab chiqarish imkonini beradi.
Sinupret® ekstrakt samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha keng dalillarga ega.
Yevropa rinosinusitni davolash bo‘yicha qo‘llanmasi EPOS 2020 Sinupret® ekstraktni o‘tkir virusli va postvirusli rinosinusitni davolashda tavsiya qiladi. Bundan tashqari, Sinupret® Ukraina va Germaniyaning milliy rinosinusit davolash qo‘llanmalariga ham kiritilgan.
Sinupret® ekstrakt kompleks ta’sirga ega: viruslarga qarshi, shilliqni suyultiruvchi (sekretolitik), bakteriyalarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari bilan ajralib turadi. U tez va asoratsiz sog‘ayishga yordam beradi.
Juda yaxshi o‘zlashtiriladi, allergik reaksiyalar chaqirmaydi, xavfsiz vosita hisoblanadi.
Bu esa kasallikning ilk alomatlarida Sinupret® ekstraktni xarid qilish uchun yetarli sababdir. Asoratlar va sinusit rivojlanishiga yo‘l qo‘ymang. Burun bitishini erta bosqichda davolash mumkin. To‘siqlarsiz nafas oling!
Sinupret® ekstraktni qo‘llash usuli va dozasi
Sinupret® ekstrakt – silliq va zich qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklida taqdim etiladi. Tabletkalar chaynalmasdan yutiladi va ko‘p miqdorda suv bilan ichiladi. Ishlab chiqaruvchining kunlik dozani hisoblash bo‘yicha ko‘rsatmalariga amal qiling:
- 12 yoshdan katta bolalar va kattalar: kuniga 3 mahaldan 1 tadan.
Davolash kursi odatda 7–14 kun davom etadi. Agar bu davr mobaynida ahvolingizda sezilarli yaxshilanish bo‘lmasa – oilaviy shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.
Nega Sinupret® ekstraktni xarid qilish kerak
Sinupret® ekstrakt – 12 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan preparatning eng kuchli shaklidir. Tabletkalarni ichish oson – ularni istalgan joyda va istalgan vaqtda, faqat suv bo‘lsa kifoya. Tabletkalar ixcham, cho‘ntagingiz yoki sumkangizda oz joy egallaydi, tashqi ta’sirlardan yaxshi himoyalangan. Bu shakldagi dori yoqimsiz ta’mga ega emas va yuqori samaradorlik bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda Sinupret® ekstraktni onlayn tarzda hamyonbop narxda buyurtma qilish mumkin. Yetkazib berish xizmati orqali dori xaridi yanada osonroq bo‘ladi.Sog‘ bo‘ling!