Ro‘yxatdan o‘tgan raqami: P N014247/01
Dori vositasining savdo nomi
Sinupret®
Dori qabul qilish shakli:
Og‘iz orqali qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi
100 g Sinupret® tomchilar tarkibida quyidagi dorivor o‘simlik xomashyosining aralashmasidan tayyorlangan 29 g suv-spirtdagi ekstrakt mavjud:
Faol tarkibiy qismlar
- Gentiana ildizi (Gentiana lutea) 0,2 g
- Primula gullari (Primula veris) 0,6 g
- Rumex o‘t (Rumex acetosa) 0,6 g
- Sambucus gullari (Sambucus nigra) 0,6 g
- Verbena o‘t (Verbena officinalis) 0,6 g
- Etanol miqdori: 16,0 – 19,0 % (hajm bo‘yicha)
Qo‘shimcha moddalar
Tozalangan suv 71,0 g
Ta'rif
Shaffof, sariq-sesha rangli suyuqlik, xushbo‘y hidga ega. Saqlash jarayonida yengil bulutlanish yoki ozgina cho‘kindining hosil bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruh
Burun kasalliklarini davolash uchun o‘simlikdan tayyorlangan vosita
ATX kodi: R07AX
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir.
Farmakologik xususiyatlari preparat tarkibidagi biologik faol moddalarga bog‘liq. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor, yallig‘lanishga qarshi, shishishga qarshi, o‘rta darajadagi antibakterial va virusga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Burun yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatning chiqishini rag‘batlantiradi va asoratlarning rivojlanishini oldini oladi.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
O‘tkir va surunkali sinusitlar, yopishqoq sekretsiya hosil bo‘lishi bilan birga kechadigan kasalliklar.
Qarshi ko‘rsatmalar
Preparat tarkibidagi moddalariga yuqori sezgirlik, alkogolizm, bolalar
(2 yoshgacha bo‘lgan). Preparatni alkogolizmga qarshi muvaffaqiyatli davolangan bemorlarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: jigar kasalliklari, epilepsiya, bosh miya kasalliklari va jarohatlari (faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Homiladorlik davrida Sinupret® preparatini qo‘llash faqat shifokor tavsiyasi bilan mumkin; Sinupret® tomchilarini, unda alkogol mavjudligi sababli, faqat Sinupret® draje qabul qilish mumkin bo‘lmagan hollarda qabul qilish lozim.
Preparat emizish davrida tavsiya etilmaydi (uning klinik qo‘llanilish tajribasi mavjud emas).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichish uchun, oldindan oz miqdorda suvga aralashtirib.
Kattalar: kuniga 3 marta, har birida 50 tomchi.
Maktab yoshidagi bolalar: kuniga 3 marta, har birida 25 tomchi.
2 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 3 marta, har birida 15 tomchi.
Davolash kursi 7–14 kun davom etadi.
Agar simptomlar 7–14 kundan ko‘proq davom etsa yoki takrorlansa,
shifokorga murojaat qilish zarur.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin (teri toshmasi, terining qizarishi, qichishish, angionevrotik shishish, nafas qisishi), oshqozon-ichak buzilishlari (epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi). Yon ta’sirlar paydo bo‘lsa, preparat qabul qilishni to‘xtatib, shifokorga murojaat qilish lozim.
Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborilgan holatlarda dozaga bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi mumkin. Davolash – simptomatik tarzda olib boriladi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri
Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada ishlatilishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri hozirgi paytgacha
ma’lum emas
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tarkibida 16,0 – 19,0 % etanol (hajmiy nisbatda) mavjud.
Ishlatish vaqtida flakonni tik holatda ushlab turish lozim.
Saqlash jarayonida Sinupret® tomchilari biroz loyqalanishi yoki oz miqdorda cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin — bu holat preparatning samaradorligiga ta’sir qilmaydi.
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiladigan mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llashdan oldin yaxshilab chayqatilsin!
Chiqarilish shakli
Ichish uchun tomchilar. Preparatning 100 ml dan to'q rangli shisha flakonda, yuqori qismida tomizuvchi dozator moslamasi, burama qopqoq va himoya halqasi bilan jihozlangan holda, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton quti ichiga joylashtirilgan.
Maxsus saqlash sharoitlari
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar qo‘li etmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Ochilgan flakonlar 6 oy davomida ishlatilishi mumkin.
Dorixonalardan berilish shartlari
Retseptsiz chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchi
Bionorica SE, Kershensteinershtrasse, 11–15, 92318 Neumarkt, Germaniya
Iste’molchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi tashkilot
Mas’uliyati cheklangan jamiyat “Bionorica”
119619, Moskva shahri, 6-ya ulitsa Novyye Sady, 2-uy, 1-korpus
Tel./faks: (495) 502-90-19
Elektron pochta manzili: info@bionorica.ru